
Maksim Shatskix: "Himoyada ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar etarli"
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" bahsi yakunlandi. Bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, birinchi bo‘lim so‘ngida Elguja Lobjanidze hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqada Dostonbek Hamdamov oradagi farqni yo‘q qildi. 56-daqiqada esa Sardor Sobirxo‘jaev qizil kartochka olib maydonni erta tark etdi. Uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz raqibga qaraganda ko‘proq vaziyat yaratdik. Bugun ayrim futbolchilarimizning o‘z o‘rinlarida o‘ynashmagani sababli biroz qiynaldik. Aslida birinchi bo‘limning o‘zidayoq ikkita to‘p kiritishimiz kerak edi. "Dinamo" bilan bahsda ham shunday bo‘lgan edi. "Qizilqum" butun taym davomida bir bor aniq zarba yo‘lladi va shu ham gol bo‘ldi.
Himoyada ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar etarli. Ammo, meni "Paxtakor" kuchsiz vaqtida ham undan hamma cho‘chiyotgani xursand qilmoqda", - dedi Shatskix.
Fikrlar