
Maksim Shatskix "Paxtakor"ning mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?
Superliga 14-turi doirasida "Paxtakor" klubi o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida aytadigan gap yo‘q. Raqib ikki marotaba maydon markazini kesib o‘tmoqda va penaltidan so‘ng gol kiritdi. Biz kuchliroq bo‘lamiz. O‘z imkoniyatlarimizni realizatsiya qilganimizda, kamida 5 ta gol urishimiz kerak edi. Birinchi taym omadsiz o‘tdi. Hech narsa qilib bo‘lmadi. Oldinga harakat qilamiz.
- To‘p darvozaga kirmayotgan paytda nimani o‘zgartirish mumkin?
- Futbol kechirib o‘tirmaydi. "Lokomotiv" bilan bahsda bo‘lgani kabi azart, ishtiyoq bilan chiqish kerakligini ta’kidladik. Agar bunday chiqilmasa, bellashuv paytida o‘zini engib, vaziyatni o‘zgartirish qiyin bo‘ladi.
Fikrlar