Malkom "Barselona"dan ketmoqchi

  • 18.07.2019 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Malkom jamoadan ketishni rejalashtirmoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchi Antuan Grizmann jamoaga kelgach, o‘zining asosiy tarkibga kira olmasligiga to‘liq amin bo‘la boshlagan. U o‘z kuchini Angliya premer-ligasida sinab ko‘rmoqchi. “Ko‘k-anor ranglilar” esa uning transferini 60 million evroga baholashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Malkomga “Everton” klubidan jiddiy qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Malkomni bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Bordo” klubidan 41 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va 4ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!