Malkom yana Frantsiyaga qaytishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Malkom yana Frantsiyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Le Figaro nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchiga "Sent-Eten" qiziqish bildirmoqda. Frantsuz klubi uni bir mavsumga ijaraga olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Malkom uchun Liga 1 begona emas. Boisi, u “Barselona”ga kelgunicha “Bordo”da to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Malkom o‘tgan mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar