Malkomga dronlar xizmat ko‘rsatdi (video)

  • 10 aprel, 2020, 20:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi forvardi Malkom jamoaning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Tecno

Klub rasmiy tvitterida xabar qilinishicha, o‘z-o‘zini yakkalash tizimiga (samoizolyatsii) rioya qilgan holda uyda o‘tirgan braziliyalik futbolchi mukofotini dron yordamida qabul qilib olgan.

Ta’kidlash kerakki, 23 yoshli futbolchi bu oy piterliklar safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Malkom “Zenit” safiga 2019 yilning yozida “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!