Mamlakatimizning eng kuchli para qilichbozlari aniqlandi

  • 6 iyul, 2023, 18:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, 5-6 iyul kunlari Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi para qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. Bugun musobaqaning final bellashuvlari o‘tkazildi va unda mamlakatimizning eng kuchli para qilichbozlari aniqlandi.

Tecno

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan esa Toshkent hamda Namangan viloyati jamoalari joy oldi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va medal bilan taqdirlandi.

photo_2023-07-06_16-57-34

photo_2023-07-06_17-05-17 (2)

photo_2023-07-06_17-05-17_1

photo_2023-07-06_17-05-20 (2)

photo_2023-07-06_17-05-20

photo_2023-07-06_17-05-21

rasm111 s

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!