
“Man Siti” Messini jahonning eng qimmat futbolchisiga aylantiradi
“Manchester Siti” klubi “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi transferi uchun rekord mablag‘ sarflashga tayyor. The Sun gazetasi tarqatgan xabariga ko‘ra, “shaharliklar” argentinalik futbolchi uchun 100 million funt bermoqchi.
Manbada yozilishicha, ingliz klubi vakillari transfer borasida muzokaralar o‘tkazish uchun “Barselona” rahbariyatiga ogohlantirgan, biroq bu borada rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Ayni damda rekord transfer Pol Pogbaga tegishli bo‘lib, u o‘tgan yili yozda 89 mln funt evaziga “Yuventus”ni “Manchester Yunayted”ga almashtirgan edi.
Messi bu mavsum kataloniyaliklar safida 24 uchrashuvida maydonga tushib, 27 gol (9 pas)ga mualliflik qilgan.
Fikrlar