Mana, Parij ko‘rindi! Indoneziya - O‘ZBEKISTON: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

  • 29 aprel, 2024, 16:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni vaqtda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo kubogi yarim finali doirasidagi Indoneziya - O‘zbekiston bahsi start oldi. Mazkur bellashuvdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

Tecno

  • Osiyo - OFK U23 Osiyo kubogi
  • Yarim finallar

Indoneziya

Tugadi
0 : 2

29.04.2024 19:00

O'zbekiston

  • H. Norchaev 68'
  • Pratama Arhan 86'

106. Rasman! O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘llanmani naqd qildi. Parij bizni kutib ol!

104. Ibrohimhalil maydonda yotibdi. Raqib avval bolta-chopqidan, endi esa ketmon-lapatka rejimini yoqdi. 

102. Ruslanbek Jiyanovga nisbatan qo‘polllik ishlatildi. Raqibning 10-raqamli futbolchisi Hubyor sariq kartochka bilan jazolandi.

98. Buriev maydonda yotibdi. Unga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. 

94. Abdurauf Burievga sariq kartochka ko‘rsatildi. 

93. Indoneziya termasi butun o‘yindagi ikkinchi zarbani berdi. Ne’matov ongli ravishda to‘pni noaniq kelayotganini bilgan holda to‘pga teginmadi

90. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga 16 daqiqa qo‘shib berildi.

90. Fayzullaevning o‘rniga Ibrohimhalil Yo‘ldoshev maydonga tushirildi. Endi Abdurahmon Fozilov sochini kalga oldiradi

86. Jaloliddinovning amalga oshirgan jarima zarbasidan so‘ng Abduqodir Husanov boshi bilan zarba berdi, qaytgan to‘pni raqib posboni va himoyachisi kelisha olmadi va to‘p darvozada - 2:0

84. Hakamga tasannolar! Jaloliddinovga ishlatilgan qo‘polllik uchun 5-raqamli Ridho maydondan chetlatildi.

83. O‘ylaganim bo‘lmasin! Jaloliddinovga nisbatan juda qo‘pol o‘yin bo‘ldi. Hakam VARni ko‘rmoqda. Qizil kartochka ko‘rib chiqilmoqda.

78. Uraylikkkk ikkinchini. Endi Rahmonaliev deyarli ochiq darvozani ishg‘iol qila olmadi.

77. Norchaevvv!!!! Abbosning super pasidan so‘ng Husain baland sarkab zarba berdi, Yana to‘sin!

75. Jaloliddinovning uzoq masofadan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. Uning maydonga tushishi jamoamining kreativligini ancha oshirdi

73.Hamyurtlarimiz burchak zarbasidan har xil uslubda kombinatsiya uyushtirmoqda. 

71. Abbos!!!! Fayzullaevning uzoq masofadan bergan zarbasi ustunni larzaga keltirdi!

70. Alisher Odilov o‘rniga Ruslanbek Jiyanov maydonga tushirildi. 

69. GOOOOOOOOOOOOLLLLL! Hamralievning uzatmasidan so‘ng Norchaev gol kiritmoqda. Gap yo‘q yigitlar!

66. Indoneziya terma jamoasi ustozi issig‘idan edi. Unga ikkinchi sariq ko‘rsatildi. Endi raqibimizni yordamchi murabbiy boshqaradi

64. Xudo bir asradi. VAR ko‘rgach,  GOL bekor qilindi. Davay olg‘a O‘ZBEKISTON!

63. Gol tekshirilmoqda. Offsayd bo‘lishi mumkin!

61.EEEEEEEHHHHHHHHH!!!!! Indoneziya gol urib ketyapti. Abduvohid Ne’matov xato qildi

57. Indoneziya "bolta-chopqi" rejimni yoqdi. Yana Jaloliddinovga-ya! O‘zi Saudiya Arabistoni futbolchilari sardorimizni ancha qiynadi

56. UXXXXXX. Alisher Odilovning jarima maydoni ichidan bergan zarbasi noaniq ketdi. Ozgina NOANIQ

53. Maydon markazida Norchaevga nisbatan qoida buzildi. Raqiblar mayda qoidabuzarliklarni ko‘p ishlatmoqda.

52. Umarali Rahmonalievning pushkasi raqib himoyachisining boshini olib ketay dedi. Golning isi kelmoqda!!!

49. Burchak zarbasini amalga oshiramiz. Endi bu ishni yaqinda maydonga tushgan Jaloliddinov amalga oshirdi.

45. Indoneziya - O‘zbekiston uchrashuvining ikkinchi taymi boshlandi. Jasur Jaloliddinov va Husain Norchaev maydonga tushidi. Ular Erkinov va Hoshimovning o‘rnini egallaydi

Birinchi bo‘limdagi statistika:

 

Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:0.

45+7. Fayzullaevga qo‘pollik ishlatildi. Hujum davom ettirildi va burchak to‘pi amalga oshiramiz.

45+4. Fayzullaev tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan so‘ng raqib posboni to‘pni egallab oldi. 

45+2. Hojimat Erkinov tomonidan berilgan zarba raqib himoyachilariga ortiqcha muammo to‘g‘dirmadi. 

45. Bellashuvning birinchi bo‘limiga naqd 10 daqiqa qo‘shib berildi. 

41. Raqib vakillari aktyorlikka yaxshi o‘qishgan ekan. Salga yiqilib yuribdi.

39. Zafarmurod Abdirahmatovning jarima maydoniga uzatib bergan to‘pini raqib vakillari qaytardi. 

37. Yana Buriev. Sardorimiz yana bir kuchli zarbani yo‘lladi. Bu safar himoyachilar blok qo‘yishni uddaladi

36. Fayzullaevning uzatmasidan so‘ng Erkinov boshi bilan zarba berdi. Zarbaga kuch etishmadi. 

34. Raqib vakili Sananta hujumda nimadir qilishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari Indoneziyaning autlari juda xavfli ko‘rinish olmoqda.

33. 280 ming aholiga ega Indoneziya muxlislari faolllik qilmoqda. Biroq ustunlik bizda!

29. VAUUUUUUUUUUUUUUUUUUU. Bo‘rievdan pushka. Sardorimizning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sinini sindirib yuboray dedi. Olg‘a yigitlar, gol ko‘raylige

28. VARni ko‘rgan hakam qo‘pollik ishlatilmagan deb topildi. Penalti tugul, folni ham bekor qildi. Husanovning o‘yinini ko‘rmaganda bular!!!

27. Nima???? Ehtimoliy penalti ko‘rib chiqilmoqda. Refere VARni tinglamoqda.

25. Raqiblar jarima zarbasini amalga oshiradi. Husanov fol ishlatdi. 

23. Abduvohid Ne’matovga birinchi marta ish topildi. Darvozabon o‘z o‘rnida.

19. Ulug‘bek Hoshimov qulay vazitda pas berish o‘rniga zarba yo‘lladi. 

15. Hoshimov maydonda yotibdi. Unga tibbiy xodimlar yordam bermoqda.

13. Ulug‘bek Hoshimovning pasidan so‘ng Alisher Odilov zarba yo‘lladi. Biroq noaniq.

11. UXXXXXXXXXXXXXXXX. Fayzullaevning super pasi manzilga etib bormadi. O‘zbekiston oldinga o‘tishda davom etadi.

10. Alibek Davronovning uzoqdan yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi. Vakillarimiz oldingi o‘tishda davom etmoqda.

8. Yana Fayzullaev. Abbos chap qanotdan amalga oshirib bergan to‘pini raqib himoyachilari qaytardi.

3. Abbosbek Fayzullaev uchrashuvdagi ilk zarbani yo‘lladi, noaniq!

2. Uchrashuvning ilk daqiqalarilidanoq vakillarimiz ustunlik qilmoqda.

1. Bellashuvga start berildi. Vakillarimiz oq, raqib Indoneziya termasi esa qizil rangli liboslarda to‘p tepadi.

Uchrashuv starti uchun barchasi tayyor. 

Maydonda terma jamoalar madhiyasi yangradi. 

  • Osiyo - OFK U23 Osiyo kubogi
  • Yarim finallar

Indoneziya

Tugadi
0 : 2

29.04.2024 19:00

O'zbekiston

  • H. Norchaev 68'
  • Pratama Arhan 86'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхан Ангор
29/04/2024 20:42
Сурхондан 27 рақамли йигит манаман деган 23 ёшлиларни ортда қолдиради. Хужумкор бола Темур Кападзе таниш билиш бўлмаса ўша йигитни харакатини кўриши керак. Рости шу йигитни шахсан танимайман футбол кўрганлар бўлса Сурхонни харакатини шу йигит ёндиради. Каттаконлар шу йигитни кузатинглар
Асманов Асман
29/04/2024 20:30
Олимпиада Яна Армонга айланади походу
Асманов Асман
29/04/2024 20:30
Энди кийналишади. Аббос Кут топни кизгонмаслик керак, узим тепаман деп чичяпти
Асманов Асман
29/04/2024 20:29
Ами чикди Узбекистонди. Блят нахуй кереги бор эди оркага уйнаб
Bobur Xoʼjayev
29/04/2024 20:06
2-boʻlimda 2 ta goooool! Duodamiz,olgʻa Oʻzbekiston!!!
. Oxunjon
29/04/2024 17:22
Олғааааа ЎЗБЕКИСТОН қолгани копейка олға йигитлар ватан шани учун
Абдухаликов Мухаммад
29/04/2024 16:55
Олга Узбекистон