Manba: Germaniya futbol assotsiatsiyasi yangi bosh murabbiy masalasini hal qildi!

  • 14 sentabr, 2023, 18:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB - Deutscher Fußball-Bund) iste’foga chiqarilgan Xans-Diter Flik o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlash masalasini deyarli hal qildi. Bu haqda Germaniyaning taniqli "Bild" nashri xabar berdi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda ishsiz bo‘lib turgan Yulian Nagelsmann "bundestim" boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. U bilan shaxsiy kelishuvga erishilgani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Yulianning so‘nggi ish joyi "Bavariya" klubi bo‘lgan edi. U iste’foga chiqqach, uning o‘rnini Tomas Tuxel egallagandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!