Manba: Isko "Betis" bilan shartnomani uzaytiradi

  • 25 dekabr, 2023, 15:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Betis" futbolchisi Isko Alarkon klub bilan shartnomani uzaytirishi kutilmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, yangi kelishuv 2027 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. U mavsum oxirida erkin agentga aylanishidan oldin rahbariyat bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Isko joriy mavsum La Liganing 17 o‘yinida 2 gol va 2 assist muallifi bo‘ldi. Evropa ligasida esa 6 bahsda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!