
Manba: "Siti" va "Barsa" o‘zaro kelishuvga erishdi
"Barselona" klubi "Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli jurnalist Jerar Romero xabar berdi.
Kelishuvga ko‘ra, transfer narxi 55-60 million evro atrofida bo‘ladi. "Ko‘k-anorranglilar" endi transferni qonuniylashtirishi va futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Avvalroq, katalon klubi yanvarda Silvani o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan. Ammo transfer ma’lum sabablarga ko‘ra o‘xshamay qolgandi.
Fikrlar