Manchester klubi vakillari Luis Enrique bilan muzokaralar o'tkazishdi

  • 06.02.2026 17:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Luis Enrique "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin. MYu vakillari allaqachon Luis Enrique manfaatlarini himoya qiluvchi agent Ivan de la Penya bilan uchrashgan, deb xabar bermoqda indykaila News.

Manbaga ko‘ra, uchrashuv o‘tgan hafta Parijda bo‘lib o‘tgan. "Qizil iblislar" Enrikeni PSJ bilan shartnomani uzaytirishdan voz kechishga ko‘ndirmoqchi bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik murabbiy parijliklarni 2023 yilning iyulidan buyon boshqarib kelmoqda va uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Enrique qo‘l ostida PSJ 2024/2025 yildgi mavsumda Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritdi.

"Manchester Yunayted"ni hozirda Ruben Amorim o‘rniga kelgan Maykl Kerrik boshqarmoqda. Mankunianliklar uning qo‘l ostida ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozonib, "Manchester Siti", "Arsenal", shuningdek, "Fulxem"ni mag‘lub etishdi.

"Qizil iblislar" APL musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egalab turibdi. Ularning hisobida 41 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!