"Manchester Siti" — "Real Madrid" uchrashuvi uchun tahminiy tarkiblar bilan tanishing
UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun mazkur bosqichning markaziy bahsi "Real Madrid" hamda "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasida kechadi.
Madridliklar dastlabki o‘yinni bir qator yetakchi futbolchilarsiz o‘tkazgan edi. Jumladan, Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Alvaro Karreras va yana bir nechta futbolchi "Siti"ga qarshi bellashuvda maydonga tusha olmadi. Ammo ularning barchasi bo‘lajak javob bellashuvi oldidan qaydnomaga kiritildi.
"Shaharliklar" safida esa Yoshko Gvardiola va Riko Lyuis jarohat sabab bugungi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmadi. Bir nechta sport nashrlariga ko‘ra, jamoalarning taxminiy asosiy tarkiblari quyidagicha:
Yahoo Sports talqiniga ko‘ra:
"Manchester Siti": Donnarumma, Xusanov, Diash, Gexi, O’Reyli, Silva, Rodri, Semenyo, Sherki, Doku, Xoland.
"Real Madrid": Kurtua, Karreras, Din Hausen, Antonio Ryudiger, Aleksander-Arnold, Kamavinga, Chuameni, Valverde, Guler, Vinisius , Diaz.
Sports Mole talqiniga ko‘ra:
"Manchester Siti": Donnarumma; Nunez, Diash, Gexi, Ayt-Nuri; Bernardu, Rodri, O’Reyli, Semenyo, Xoland, Sherki.
"Real Madrid": Kurtua, Aleksander-Arnold, Hausen, Ryudiger, Garsiya, Valverde, Chuameni, Kamavinga, Diaz, Guler, Vinisius Juniyor.
Shuningdek, Squawka va Cityxtra ham o‘z versiyalarini taqdim qildi:
Cityxtra: Donnarumma, Nunez, Diash, Gexi, Ayt-Nuri, Rodri, Bernardu, O’Reyli, Sherki, Xoland, Doku.
Squawka: Donnarumma, Diash, Gexi, Ayt-Nuri, Bernardu, Rodri, O’Reyli, Semenyo, Xoland, Foden.
Ma’lumot uchun, javob uchrashuvi 17 martdan 18 martga o‘tar kechasi soat 01:00'da boshlanadi. Madridda bo‘lgan dastlabki to‘qnashuvda esa Alvaro Arbeola shogirdlari yirik 3:0 hisobida g‘alaba qo‘zongan.
Fikrlar