"Manchester Siti" 2022 yilda muzokaralar boshlaydi
"Manchester Siti" o‘zining portugaliyalik himoyachisi Joau Kanselu bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" rahbariyati portugaliyalik futbolchini jamoaning buguni va kelajagi uchun asosiy figura sifatida ko‘rmoqda. “Siti” u bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni 2022 yilda boshlaydi.
Kanseluning Angliya chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi APLda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar