"Manchester Siti" 6 dekabrdan buyon APLda engilmayapti! (Foto)

  • 26 aprel, 2024, 13:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda "Manchester Siti" APL 29-turidan qoldirilgan bahsda "Brayton"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, "shaharliklar"ning premer-ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi yana bitta o‘yinga ko‘paydi. 

Gvardiola shogirdlari chempionatda 6 dekabrdan buyon mag‘lub bo‘lmasdan kelyapti. O‘sha kuni manchesterliklar "Aston Villa"ga imkoniyatni boy berib qo‘yishgandi - 0:1. Shundan so‘ng klub 18 ta o‘yin o‘tkazib, 14 g‘alaba va 4 durang natija qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida, "Siti" 18 aprel kuni safarda "Nottingem Forest"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!