
"Manchester Siti" "Arsenal"ga qarshi o‘yindan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne APLning 5-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Bu haqda bosh murabbiy Xosep Gvardiola aytib o‘tdi.
“Vaziyat u qadar jiddiy, deb o‘ylamayman. Ammo u yaqin bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuboradi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
De Bryuyne Belgiya terma jamoasi safida UEFA Millatlar ligasidan o‘rin olgan Angliyaga qarshi o‘yinda jarohat olgan va zaxiraga olingan edi.
Fikrlar