"Manchester Siti" "Barselona" yarim himoyaichisiga qiziqish bildirmqoqda

  • 13 may, 15:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ga o‘tgan yili yozda kelib qo‘shilgan Dani Olmoga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi insayder Matteo Moretta.

Tecno

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Pep Gvardiola futbolchining muxlisi hisoblanadi. U ispaniyalik hujumkor yarim himoyachini o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. Ammo hali muzokaralar boshlangani yo‘q.

Image

"Barsa" Danini ayni paytda sotishi qiyin masala. Shunday bo‘lsada, bu taklifga ham bog‘liq. Agarda "shaharliklar" katta summa evaziga Olmoni sotib olishga harakat qilsa, Ispan klubi buni o‘ylab ko‘rishi mumkin. 

Kataloniya jamoasi futbolchini "Leyptsig"dan 55 millin evroga sotib olgandi. U yakuniga etayotgan mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!