
“Manchester Siti” “Bavariya” sardorlaridan birini sotib olmoqchi
Xabaringiz bor, “Manchester Siti” so‘nggi 11 ta o‘yinning faqatgina bittasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Shu sababli, Gvardiola jamoa tarkibini kuchaytirishtirish maqsadida qishda bir nechta o‘yinchilarni xarid qilmoqchi.
"Paper Talk" nashrining xabariga ko‘ra, Xosep Gvardiola boshchiligidagi “shaxarliklar” qishki transferlar oynasida “Bavariya” yulduzi va etakchilaridan biri Yuzua Kimmixni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Germaniyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi. Manbaning ma’lum qilishicha, uning o‘zi ham bu transferga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli o‘yinchi bu mavsum 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portalidagi narxi esa 50 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar