
"Manchester Siti" bugun Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni bilan shartnoma imzolaydi
"Manchester Siti" klubi bugun "Derbi Kaunti" darvozaboni Skott Karson bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shaharliklar” 33 yoshli posbonni mavsum oxirigacha ijaraga olishadi. Ta’kidlash kerakki, Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Ederson Moraes va Klaudio Bravolardan so‘ng “Siti”ning 3-darvozaboni bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Karson o‘tgan mavsum “Derbi Kaunti” safida 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 45ta gol o‘tkazib yubordi. Uning transferi esa 2 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar