“Manchester Siti” chempion bo‘lganidan keyin o‘yinchi sota boshladi

  • 1 iyun, 2023, 08:15
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasi g‘olibiga aylangan “Manchester Siti” ham yozda tarkibida o‘zgarishlar qiladi.

Manchesterliklar tez orada Joau Kanseluni sotib yuboradi. Bu futbolchi bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan urishib qolganidan keyin qishda “Bavariya”ga ijaraga jo‘natilgan edi.

Endi portugaliyalik himoyachining ijara muddati tugadi. Gvardiola uni kelasi mavsum ham o‘ynatmaydi.

Ayni paytda ikki superklub – “Arsenal” va “Barselona”  Kanseluga xaridor bo‘lib turibdi. Uning transferi 70 million evro atrofida baholanmoqda.

Agar yozda Kanseluni sotib oladigan klub topilmasa, “shaharliklar” uni yana ijaraga berishga majbur bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!