"Manchester Siti" egalari O‘runovning jamoasi aktsiyalarini sotib olishga yaqin

  • 8 noyabr, 2021, 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ga egalik qiluvchi City Football Group (CFG) Moskvaning "Spartak" klubi aktsiyalarini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tecno

Sport-Ekspress nashrining yozishicha, muzokaralar to‘xtatilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hozirda CFG klub faoliyatini baholashda davom etmoqda. Audit ishlari yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, City Football Group Moskva klubining 20 foiz ulushini sotib olishni rejalashtirmoqda. "Spartak" xo‘jayini Leonid Fedun esa aktsiyalarni sotish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Oston O‘runov ham "Spartak" futbolchisi hisoblanadi. U mavsumni ijara asosida "Ufa" safida o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!