
"Manchester Siti" Gyundoganni qo‘yib yubormoqchi emas
"Manchester Siti" futbolchisi Ilkay Gyundogan mavsum so‘nggida klubni tark etishi mumkin. Uning jamoasi bilan tuzgan shartnoma muddati o‘z nihoyasiga etmoqda. "Shaharliklar" yarim himoyachini qolishini istaydi va klub Gyundoganga 1+1 shaklidagi yangi shartnoma taqdim etdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Insayderning ta’kidlashicha, Gyundogan so‘nggi qarorni qabul qilgani yo‘q. Uning oldida "Barsa"ga o‘tish tanlovi ham mavjud. Xavi mazkur transferni amalga oshishini istamoqda. Shuningdek, 32 yoshli futbolchiga "Arsenal" ham qiziqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gyundogan mavsum davomida "Manchester Siti" tarkibida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta asisst amalga oshirdi.
Fikrlar