"Manchester Siti" himoyachisi mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 26 noyabr, 12:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Bayer"ga (0:2) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat haqida gapirdi.

Tecno

"Bahona qidirishni istamayman, garchi tarkibdagi ko‘plab o‘zgarishlar tufayli yutqazganimizni aytish oson bo‘lsa ham. Bu mavsumda har kim o‘z rolini o‘ynaydi. Biz jamoa sifatida g‘alaba qozonamiz va mag‘lub bo‘lamiz. Bizga muvaffaqiyat hamroh bo‘ldi, biz yaxshi edik. Shuning uchun ham bugun juda xafa bo‘ldik.

Olingan tajribadan saboq olish va xatolarni tuzatish uchun foydalanishimiz kerak. Afsuslanish tuyg‘usini, xato bahosini shu darajada tushunishni saqlab qolish kerak", - deya Stounzning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Ushbu o‘yindan so‘ng "shaharliklar" 10 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichi jadvalining 6-pog‘onasidan joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!