"Manchester Siti" jazolansa, futbolchilari "ko‘chada qolmaydi"

  • 22 sentabr, 2024, 15:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyadan ham, mamlakat tashqarisidan ham bir qancha klublar “Manchester Siti” moliyaviy feyr-pley bo‘yicha ayblovlari uchun jazolanishi mumkin bo‘lgan taqdirda, tarkibdagi etakchi futbolchilar bilan shartnoma imzolash uchun qulay vaziyat paydo bo‘lishga umid qilmoqda. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, ayni damda "Manchester Siti" Premer-liga bilan shu hafta boshlangan sud jarayoni natijasida klub jiddiy jazolanmasligi uchun qo‘shimcha kafolatlar berish ustida ishlamoqda.

Ta’kidlanishicha, boshqa klublar "Siti" hujumchisi Erling Xoland va vinger Filipp Fodenga alohida qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq “Manchester Siti” aybdor deb topilgan taqdirda Premer-ligadan chetlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

“Manchester Siti” APLning o‘tgan to‘rtta o‘yinidan so‘ng 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlar qatorida bormoqda. “Shaharliklar” bugun 5-tur doirasida o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!