
"Manchester Siti" Keynni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirmoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn navbatdagi top klubning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Diario Gol nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Manchester Siti" 24 yoshli to‘purar uchun “shporlar”ga 200 mln funtdan (227 mln evro) voz kechishga tayyor. Bundan tashqari “shaharliklar” Keyn uchun katta maosh ham taklif qilishmoqda. Aytish lozimki, Keynning “Siti”ga o‘tishi unga o‘zi ko‘zlagan sovrinlarni qo‘lga kiritishiga yordam berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq yozda Keynni sotib olishga Madridning “Real” klubi ham urinib ko‘rishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar