
"Manchester Siti" o‘z hujumchisini sotmaydigan bo‘ldi!
Jurnalist Gilem Balagening ma’lumotiga ko‘ra, "Manchester Siti" 21 yoshli vinger Savioni transferga qo‘ymaslikka qaror qilgan. Avvalroq uning xaridida "Tottenxem" qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.
Bu qarordan so‘ng Rodrigoning "shaharliklar"ga o‘tishi ham amalga oshmaydi. Chunki angliyaliklar "qirollik klubi" futbolchisini faqat Savio ketgan taqdirdagina olishni rejalashtirgan. Shuningdek, Madrid klubi hozircha Rodrigo bo‘yicha hech qanday taklif qabul qilmagan.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik yosh iqtidor egasi o‘tgan mavsum APLda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar