"Manchester Siti" PSJ himoyachisi uchun katta summadan voz kechishga tayyor!

  • 24 iyun, 2023, 16:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi PSJ himoyachisi Ashraf Xakimini sotib olmoqchi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, agar Kayl Uoker "shaharliklar" safini tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida marokashlik futbolchi ko‘rilmoqda. Xakimi uchun "Siti" rahbariyati katta pul to‘lashga tayyor. 

Xabarlarga ko‘ra, Ashraf ham Parijni tark etishga qarshi emas. U ko‘proq Madridga qaytib, yana "Real" sharafini himoya qilishni istaydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!