“Manchester Siti” rahbarlari “Real”ning Xolandga qiziqayotganiga munosabat bildirdi

  • 16 noyabr, 2023, 11:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa matbuotida “Real” rahbariyati Kilian Mbappe o‘rniga Erling Xolandni transfer qilishga qaror qilgani va madridliklar 23 yoshli to‘purar uchun manchesterliklarga 200 million evro taklif qilishi haqida yozmoqda.

Tecno

“Manchester Siti” bosh direktori Ferran Soriano “Qirollik klubi”ning Xolandga bo‘lgan qiziqishiga munosabat bildirdi.

- Xoland “Manchester Siti”da o‘zini baxtiyor his qilyapti. U debyut mavsumidayoq katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi va bundan keyin ham jamoamizda uzoq yillar to‘p tepadi, - dedi Soriano.

Erling Xoland “shaharliklar” safiga qo‘shilganidan keyin to‘purarlik borasida bir necha rekordlarni qayd etdi. Norvegiyalik hujumchi bosh murabbiy Xosep Gvardiola qo‘l ostida Angliya chempionati, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!