
"Manchester Siti" safarda "Bryugge"ni tor-mor keltirdi (video)
UEFA Chempionlar ligasi “A” guruhi 3-turida “Manchester Siti” safarda “Bryugge” mehmoni bo‘ldi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 1:5 hisobida “shaharliklar”ning foydasiga hal bo‘ldi. Shu kuni “Siti” safida gollarni Juan Kanselu (30'), Riyod Maxrez (43', 84'), Kayl Uoker (53') va Kol Palmer (67') kiritdi. Mezbonlarning yagona javob goliga esa Xans Vanaken (81') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar