"Manchester Siti" Sanening narxini e’lon qildi

  • 02.08.2019 08:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi rahbariyati jamoa vingeri Leroy Saneni "Bavaria"ga sotish haqida o‘ylay boshladi.

Manchester Evening News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” 23 yoshli nemis futbolchisini 150-160 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas. Ta’kidlash kerakki, “Siti” Saneni jamoada olib qolishni xohlamoqda, biroq, agar u o‘zi ketishni xohlasa rahbariyat uni sotib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya” Sane uchun ilk rasmiy taklifini yuborgani va unga ko‘ra “shaharliklar”ga 100 mln evro va’da qilingani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Leroy Sane o‘tgan mavsum “Manchester Siti” safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 18ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!