“Manchester Siti” supertalant uchun kurashda “Bavariya” kelishuvini “sindirdi”

  • 15 may, 09:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bayer” etakchisi Florian Virts yozda boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda. Bir necha kun avval, nemis futbolchisi “Bavariya” safiga qo‘shilishi aytilgandi.

Chunki Myunxen superklubi 22 yoshli hujumkor futbolchi bilan ikki marotaba dastlabki kelishuvga erishgan.

Biroq so‘ngga pallada ishga “Manchester Siti” aralashdi. “Shaharliklar” Xosep Gvardioda orzu qilayotgan futbolchi uchun 150 million evro sarflashga tayyorligini ma’lum qilgani vaziyatni ingliz tomoniga o‘zgartirdi.

“Bayer” o‘z etakchisini “Bavariya”ga emas, aynan “Manchester Siti”ga transfer qilishni ma’qul ko‘rmoqda.

Kicker nashrining yozishicha, “Bavariya” Virts uchun 150 million evro emas, undan kamroq summa to‘lashga ham rozi emas.

Transferlar bo‘yicha ekspertlar “Manchester Siti”ning moliyaviy imkoniyatlari Florian Virtsni Bundesligadan olib ketishda asosiy omil bo‘lishini ta’kidlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!