“Manchester Siti” supertransferga pul to‘playapti

  • 24 dekabr, 2021, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Goal nashri “Manchester Siti” rahbariyati katta transferga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Tecno

“Shaharliklar” tez orada “Barselona” so‘ragan Ferran Torresni sotib yuboradi va tushgan summani Erling Xoland transferi uchun to‘planayotgan mablag‘ga qo‘shib qo‘yadi.

Xosep Gvardiola o‘tgan yozda Serxio Aguero ketganidan keyin ko‘p gol uradigan hujumchiga ehtiyoj sazmoqda. Manchesterliklar yozgi transferlar vaqtida “Tottenxem” to‘purari Harri Keyn uchun o‘ta katta summa taklif qilganiga qaramay, “shporlar”ni hujumchini qo‘yib yuborishga ko‘ndira olmadi.

Endi manchesterliklar bor e’tiborini Erling Xolandni qo‘lga kiritishga qaratadi. Bunga erishish uchun ular bir necha o‘yinchisini sotib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!