
"Manchester Siti" va "Liverpul" yaponiyalik vinger uchun kurashmoqda
"Brayton" a’zosi Kaoru Mitoma yorqin o‘yini bilan top klublar e’tiboriga tushmoqda. Unga APLdan bir nechta takliflar kelgani borasida mish-mishlar tarqalyapti.
"90 MIN" nashri xabar berishicha, "Manchester Siti" va "Liverpul" 26 yoshli vinger uchun kurashga kirishgan. Mazkur klublar kelasi yozda futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istaydi.
Eslatib o‘tamiz, Mitoma 2019 yili "Kavasaki"dan 3 million evro evaziga "chaykalar" tarkibiga o‘tgan. Futbolchi ushbu mavsum 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar