"Manchester Siti" va "Liverpul"da tarbiyalangan futbolchi "Lokomotiv"ga o‘tishi mumkin

  • 16 oktabr, 2020, 09:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Rafael Kamashu "Lokomotiv"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Moskva klubi 20 yoshli portugaliyalik futbolchini ijaraga olmoqchi. Bu borada ular Zagrebning "Dinamo" klubi bilan raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi. Chunki, xorvatiyaliklar allaqachon Rafaelning ijarasi bo‘yicha “Sporting”ga taklif yuborgan.

Aytish kerakki, Kamashu o‘z vaqtida "Manchester Siti" va "Liverpul" kabi grand klublar akademiyasida tarbiya topgan. U o‘tgan mavsum “Sporting” tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!