
“Manchester Siti” xo‘jayinlari Gvardioladan xavotirda
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelasi mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin.
Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati to‘qqizinchi mavsum ispaniyalik mutaxassisning klubdagi oxirgi yili bo‘lishidan xavotirda.
“Shaharliklar” Xosep Gvardiola bosh murabbiy sifatida faoliyatini uzoqroq davom ettirishini istayapti.
Chunki uning qo‘l ostida klub o‘z tarixidagi eng katta natijalarni qo‘lga kiritdi.
Gvardiola jamoani 15 marotaba yirik musobaqalar g‘olibiga aylantirdi. O‘tgan mavsum “Siti” trebl qayd etdi.
Sakkiz yil muqaddam jamoani qabul qilib olgan 52 yoshli bosh murabbiyning klub bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadi.
Fikrlar