“Manchester Siti” Xoland uchun bir guruh futbolchidan voz kechdi

  • 25 dekabr, 2021, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yozda Erling Xolandni sotib olishga jiddiy kirishdi. “Shaharliklar” norvegiyalik to‘purarning transferiga pul to‘plash uchun bir necha futbolchisini sotadigan bo‘ldi.

Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, manchesterliklar tez orada hujumkor futbolchi Ferran Torresni “Barselona”ga 55 million evro evaziga transfer qiladi. Shundan so‘ng, ijarada o‘ynayotgan yana uch nafar o‘yinchi sotib yuboriladi.

Ketadiganlar ro‘yxatiga himoyachilardan “Sporting”da ijara muddatin o‘tayotgan Pedro Porro, “Shalke”dagi Kou Itakura, “Bornmut”ga berilgan Morgan Rojers joy olgan.

Erling Xolandning transferi uchun “Borussiya”ga yozda 75 million evro to‘lash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, uning otasiga 20 million va agenti Mino Rayolaga 40 million evro miqdorida gonorar ajratish shart.

21 yoshli to‘purarning dortmundliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!