
"Manchester Siti" yagona gol evaziga "Brayton"dan ustun keldi (video)
Angliya premer-ligasining 18-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qildi.
“Etixad”da kechgan o‘yin taqdirini 44-daqiqada Fil Foden tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa “shaharliklar” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar