“Manchester Siti” yana bir himoyachisi bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirdi
«Manchester Siti» matbuot xizmati markaziy himoyachi Yoshko Gvardiol bilan shartnoma muddati uzaytirilganini ma'lum qildi. Yangi kelishuv 2031 yilgacha amal qiladi. Avvalroq xorvatiyalik futbolchiga madriddlik «Real» tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Gvardiol «shaharliklar» safida 2023 yil yozidan beri to'p surmoqda. Shu vaqt ichida u Angliya klubi tarkibida 122 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevro atrofida baholanmoqda.
Yoshko Gvardiol bundan oldin «Dinamo» Zagreb va Germaniyaning «RB Leyptsig» jamoalari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar