“Manchester Siti” yana bir yulduzidan voz kechishga tayyor

  • 10 iyun, 07:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yulduzi Bernardu Silva faoliyatini Saudiya Arabistoni professional ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Footmercato nashrining ma’lum qilishicha, “Al-Hilol” rahbariyati 30 yoshli hujumkor futbolchiga taklif yubordi.

Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar bir necha oydan beri portugaliyalik futbolchining o‘yinlarini jiddiy tarzda kuzatib kelmoqda.

“Shaharliklar” yozgi transferlar davrida bu yulduzni ham qo‘yib yuborishga tayyor. Chunki bosh murabbiy Xosep Gvardiola tarkibni yoshartirish siyosatiga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

2017 yildan beri “Manchester Siti”da to‘p tepib kelayotgan Silva yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 49 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga beshta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi. Uning amaldagi shartnomasi tugashiga yana bir yil bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!