
"Manchester Siti" yozda sotib olgan futbolchisini ijaraga berib yubordi
"Manchester Siti" ushbu yozda xarid qilgan futbolchisi Sverre Nyupanni "Midlsbro"ga ijaraga berdi. Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" yarim himoyachini Norvegiyaning "Rusenborg" klubidan rekord summada 12,5 million evroga sotib olgan edi.
Angliya grandi futbolchiga Chempionship orqali amaliyot bermoqchi, bu erda yuklama va taqvim zichligi futbolchining rivojlanishiga yordam beradi. "Midlsbro"da Nyupandan markaziy yarim himoyachi sifatida foydalanishni va yuqori o‘rinlar uchun kurashda tarkibning chuqurligini kuchaytirishni kutishmoqda.
2024-yilgi mavsumda Nyupan Norvegiya chempionatida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy, 2025 yilgi mavsumda yarim himoyachi 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar