“Manchester Siti”da katta tozalash bo‘ladi. Ketadigan birinchi nomzod aniq...
“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida jamoaga foydasi tegmayotan bir necha futbolchini sotib yuborishga qaror qildi.
Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati birinchi navbatda besh nafardan o‘yinchilan qutilmoqchi.
Xosep Gvardiola ishonchini qozona olmagan Natan Ake ketishga birinchi nomzod. 26 yoshli himoyachi o‘tgan yili olib kelingandi va bosh murabbiy u bilan ishlamoqchi emas.
Niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumda ikkita uchrashuvda maydonga tushdi va birorta samarali harakatni amalga oshira olmadi. Shu bois, ispaniyalik bosh murabbiy ortiq unga ishonch bilmaydi.



Fikrlar