"Manchester Siti"ning yosh futbolchisi "Nottingem Forest"ga o‘tishga yaqin

  • 11 avgust, 17:08
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" va "Nottingem Forest" Jeyms Makati transferi bo‘yicha kelishuvga yaqin. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "shaharliklar" yarim himoyachi uchun "Nottingem"ning 25 million funtlik taklifini rad etgandi. Endi esa klublar o‘rtasidagi kelishuv yakuniy bosqichda.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, transfer summasi 20 million funtdan oshadi. "Nottingem Forest" ushbu kelishuvni amalga oshirishga ishonch bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 27 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!