“Manchester Yunayted” 100 millionlik transferni uddaladi

  • 28 avgust, 2022, 22:36
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati braziliyalik hujumchi Antoni transferi uchun “Ayaks” talab qilgan 100 million evroni to‘lashga rozilik berdi, deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Geryan Xamstelar.

Avvaliga inglizlarning bir necha takliflarini rad qilgan amsterdamliklar o‘zilari kutgan summani eshitgach, o‘yinchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.

“Ayaks”ning bir qarorga kelishiga Antonining bosimi ham ta’sir qildi. 22 yoshli futbolchi agar klub uni qo‘yib yubormasa, jamoa uchun o‘ynamasligini e’lon qilgandi.

Antoni “San Paulu” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli futbolchi 2020 yili “Ayaks”ga olib kelingan. Faoliyati davomida 119 ta uchrashuvda 28 tadan gol va assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!