"Manchester Yunayted" 8 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

  • 27 iyul, 2021, 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" rahbariyati joriy yozgi transferlar davrida tarkibda sezilarli o‘zgarishlar qilmoqchi.

Tecno

ESPN tarqatgan xabarga qaraganda, ingliz klubi himoyachilar - Aleks Telles, Diogo Dalot, Brendon Uilyams va Fila Jons, yarim himoyachilar Andreas Pereyra, Daniel Jeyms va Jessi Lingard, shuningdek hujumchi Antoni Marsyal bilan xayrlashmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" bu yoz "Borussiya" Dortmunddan 85 mln evro evaziga hujumkor yarim himoyachi Jeydon Sanchoni sotib oldi. "Aston Villa" darvozaboni Tom Xiton esa erkin agent sifatida mankunianliklar safiga kelib qo‘shildi.

MYu tez orada "Real" himoyachisi Rafael Varan bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ushbu transfer “qizil iblislar”ga taxminan 50 mln evroga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!