
"Manchester Yunayted" APLning eng kuchli hujumchilaridan biri bilan shartnoma imzolamoqchi
"Tottenxem" etakchisi Xarri Keyn faoliyatini Angliyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, ingliz to‘purariga "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqish bor. Mankunianliklar uni yozgi transfer oynasida xarid qilmoqchi. U MYuda anchadan beri muammo bo‘lib kelayotgan markaziy hujumchi pozitsiyasi uchun ideal nomzod.
"Daily Mail" nashri manchesterliklarning transfer bilan shug‘ullanuvchi xodimlari allaqachon ushbu transfer borasida o‘rganish ishlarini boshlab yuborgani haqida yozyapti. Xarrini "Bavariya" ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Avvalroq, "shporlar" o‘z sardorini 100 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekani xabar qilingandi.
29 yoshli hujumchi joriy mavsum londonliklar safida 28 uchrashuvda o‘z hisobiga 17 gol va 3 assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar