"Manchester Yunayted" "Barsa" himoyachisin sotib olmoqchi

  • 8 may, 2023, 22:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yozda tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qancha transferlarni amalga oshiradi. Klub "Barselona" futbolchisi Andreas Kristensenga ham qiziqmoqda. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, "qizil iblislar" himoyachi uchun 70 million evro to‘lashga tayyor. Daniyalikni MYudan tashqari "Aston Villa" ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, Kristensen mavsum boshida erkin agent sifatida "Barsa"ga kelgandi. Uning transferi Xavi jamoasi uchun foydali bo‘ldi. 27 yoshli futbolchi tarkibning asosiy himoyachisiga aylanib olganini ham ta’kidlash kerak.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!