“Manchester Yunayted” Beylni olishga ko‘ndimi?

  • 13 sentabr, 2020, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” o‘ynamay katta maosh olayotgan Garet Beyldan tezroq qutilish maqsadida uni sotishga harakat qilmoqda.

Tecno

Madridliklar “Manchester Yunayted”dan taklif kutayotgan edi. “Borussiya”dan Jeydon Sanchoni sotib ololmagan Sulsher jamoasi e’tiborini Beylga qaratdi. Hozir manchesterliklar futbolchi bo‘yicha taklif tayyorlash ustidan bosh qotirmoqda.

31 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda 1261 daqiqa o‘ynadi xolos. U bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan chiqisha olmayapti.

“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino ham asosiy to‘purar Harri Keyn bilan raqobatlashishga qodir kuchli hujumchi kutyapti va  etti yillik tanaffusdan so‘ng, Beylni klubga qaytishini istagandi. Lekin londonliklar uelslik futbolchining maoshini ko‘tara olmasligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!