
"Manchester Yunayted" bu futbolchiga Ronaldudan ham ko‘p maosh to‘lashga tayyor. "Qizil iblislar"ni aqldan ozdirgan futbolchi kim?
"Manchester Yunayted" "Barselona"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yongni o‘z safiga qo‘shib olish uchun hamma narsaga tayyor.
Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag yozgi transfer bozorida Frenkini asosiy maqsad sifatida ko‘rmoqda va klub rahbariyatidan uni sotib olishni so‘ramoqda.
Qayd etilishicha, de Yongni ko‘ndirish uchun «Yunayted» uni jamoada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga tayyor. Aytish kerakki, ayni damda bu jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi.
Fikrlar