
“Manchester Yunayted” bu o‘yinchi uchun barcha muzokaralarni to‘xtatdi
“Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgan Erik ten Xag klub mutasaddilaridan birinchi bo‘lib “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong transferini hal etishni talab qilmoqda.
Niderlandiyalik mutaxassis bu o‘yinchi bilan “Ayaks”da birga ishlagan va uning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Ten Xag 25 yoshli yarim himoyachini jamoaning asosiy o‘yinchilaridan qilmoqchi.
“Manchester Yunayted” mutasaddilari bosh murabbiy talabini bajarish uchun boshqa muzokaralarni to‘xtatdi. Xususan, “Benfika”dan olinishi kerak bo‘lgan to‘purar hujumchi Darvin Nunes transferi bo‘yicha uchrashuvlar ham vaqtincha to‘xtatildi.
Erik ten Xagda jiddiy qiziqish bo‘layotganiga qaramay, Frenki de Yong Kataloniyada qolishni istamoqda. Biroq, “Barselona” moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun mahoratli futbolchini mo‘may summaga sotib yubormoqchi.
Fikrlar