“Manchester Yunayted” De Xeaga raqobatchi olib kelmoqchi

  • 23.08.2022 18:06
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” Frankfurtning “Ayntraxt” klubi darvozaboni Kevin Trappga qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar nemis futbolchisiga 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor, deb xabar berdi “Bild” nashri.

Nemis matbuotining yozishicha, Trapp taklifni qabul qilishga tayyor, biroq hali yakuniy javobini ma’lum qilgani yo‘q. Germaniyalik darvozabonning shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Shu bois, "Ayntraxt" o‘z futbolchisini shartnoma yakuniga qadar qo‘yib yubormoqchi emas.

Joriy mavsumda 32 yoshli Kevin Trapp 5 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!